Jahon

Pekinda karantin kuchaytirildi

So‘nggi sutkada Xitoyda 21 mingdan ortiq kasallanish holati aniqlangan.

Pekinda karantin kuchaytirildi


 

COVID-19 holatlari soni ortib borayotgani sababli Pekin epidemiyaga qarshi choralarni kuchaytirmoqda. Chaoyan tumanidagi sakkizta mikrorayon shanba kunidan beri koronavirus uchun sinovdan o‘tkazildi.

 

“Epidemiologik tekshiruvning dastlabki natijalari shuni ko‘rsatadiki, kasallikning hozirgi to‘lqini taxminan bir hafta davomida yashirin ravishda tarqalmoqda”, - dedi Pekin Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi direktori o‘rinbosari.

 

Shahar rasmiylari aholini o‘ta zarurat bo‘lmasa, Pekinni tark etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, shuningdek, COVID-19 yuqtirish xavfi o‘rtacha yoki yuqori bo‘lgan hududlarga sayohat qilmaslikka chaqirmoqda.


Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-martidan buyon Xitoyning materik qismida jami 600 mingga yaqin koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan.

 

Kontinental Xitoyda epidemik vaziyat og‘irligicha qolmoqda. O‘tgan sutka davomida mamlakatda 21 796 ta holat, shundan 21 058 tasi Shanxayda qayd etilgan.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Pekinda karantin kuchaytirildi | Zamon.uz