Qarshining “Nasaf” jamoasi Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi
Shu bilan jamoa o’z ochkolarini sakkiztaga yetkazib olgan.

Osiyo Chempionlar ligasining 5-tur doirasida Qarshining “Nasaf” jamoasi Qatarning “Al-Sadd” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi bo‘limda ikki jamoa ham darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yaratgan, lekin hisob ochilmagan. O’yinning 63-daqiqasida raqib futbolchisining xatosidan foydalangan Akmal Mozgoyov dastlabki golni amalga oshirgan. 71-daqiqaga kelib, Husayn Norchayev ham raqib darvozi tomon ikkinchi topni kiritgan. Shundan so’ng Mozgoyov dubl natija ko’rsatib, Oybek Bozorov tomonidan uzatilgan to’p bilan 3-golni qayd etgan.
O‘yinga qo‘shib berilgan qo‘shimcha daqiqalarda “Al Sadd” jamoasi bitta gol urishga muvaffaq bo’lgan.
Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 5-turda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 8 taga yetkazib olgan va guruhda 2-o‘rinni egallagan.








