Samarqandlik fermer 6 gektar yerni 170 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
Hozirda u DXX tomonidan qo‘lga olinib, tergov qilinmoqda.

Samarqandda 6 gektar yer maydonini 170 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi raxbari ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilshicha, xo‘jalik rahbari mart oyi o‘rtalarida dehqonchilik va chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer olmoqchi bo‘lib yurgan fuqaro bilan tanishib qoladi. U Pastdarg‘om tumani “Nayman” mahallasidagi o‘z fermer xo‘jaligiga tegishli 6 gektar yer maydonini 170 ming AQSH dollari evaziga sotishni hamda hokimlikdagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi.
Shundan so‘ng, 23-aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fermer fuqarodan 20 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.








