Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga sovg‘a yubordi
Checheniston rahbariga oltin va kumushdan yasalgan rasm sovg‘a qilingan.

Ramazon Xayiti arafasida O‘zbekiston delegasiyasi Chechenistonga tashrif buyurdi. Qodirovga Mirziyoyev tomonidan tabrik yo‘llandi va unga “Poi-Kalon” ansambli rasmi sovg‘a qilindi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
“Poi-Kalon” — Buxorodagi me’moriy ansambl. Uning tarkibiga Ramzan Qodirovning otasi Axmat Qodirov tahsil olgan Mir Arab madrasasi kiradi.
“Otam Buxoroda o‘qib yurgan davrlarini faqat yaxshi so‘zlar bilan eslar, samimiy va xotirjam aholi haqida gapirar edi”, — deb yozgan Qodirov o‘zining Telegram sahifasida.
Checheniston Respublikasi rahbari O‘zbekiston prezidentiga “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun” minnatdorchilik bildirgan.








