Sirdaryodagi fotoradarlar xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima yozishni boshlaydi
Bu bo‘yicha viloyat IIB YHXB ogohlantirish bilan chiqdi.

Sirdaryo viloyati hududidagi barcha stasionar radarlar endilikda “Yo‘l harakati qoidalarining” 9-,12-bandlari bo‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlashni boshlaydi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar qildi.
“Yo‘l harakati qoidalarining” 9-bandi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanish bo‘yicha qoidabuzarlikni nazarda tutadi. 12-band esa transport vositasini boshqarish paytida telefondan foydalanishga oid huquqbuzarlik hisoblanadi.








