“Tashkent city” bog‘ini xususiylashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Tijoriy takliflar 23-maygacha qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Tashkent city” bog‘ini xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov e’lon qildi.
Barcha qiziqish bildirgan talabgorlar 2022-yil 23-may kuni so‘rovnomaga asosan tijorat takliflarini taqdim etishlari so‘ralgan.
“Tashkent city” bog‘ini kelgusida ekspluatasiya qilishda quyidagi majburiyatlarni amalga oshirishi zarurligi eslatib o‘tilgan:
— bog‘ning faoliyatini saqlab qolish;
— har qanday kapital bino va inshootlarni qurmaslik;
— “shovqinli” attraksionlar o‘rnatmaslik;
— “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi rezidentlari (hududda yashovchi fuqarolar va xodimlar) uchun erkin kirish-chiqish huquqini ta’minlash;
yashil hududni saqlash va yashil maydonlarni agrotexnik jihatdan parvarish qilish;
— belgilangan maydonda avtoturargoh tashkil etish;
— ish o‘rinlarini saqlab qolish;
— daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriyga rioya etish.








