“Tibbiyot, xalq ta’limi...milliard-milliard o‘g‘irlayapti” – Prezident
Davlat rahbari poraxo‘rlik avj olgan sohalarni tanqid qildi.

Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda hududlarda poraxo‘rlik ko‘payib ketgani sabab hudud rahbalarini qat’iy ogohlantirdi.
“Uch oy bo‘lmasdan pora oladigan hokim yordamchisini kim qo‘ygan. Odamlarni sarson-sargardon qilib, ularning qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda joy yo‘q.
Pullarni tarqatyapmiz, joyiga yetib bormayapti. Topshiriq berdim. Mana, tahlil qilibdi. Ko‘rdik, qaysi sohalarda korrupsiya kuchli ekanini – tibbiyot, xalq ta’limi bergan milliard-millard pullarimizni o‘g‘irlayapti. O‘sha “rayonning” rahbarlari bormi yoki yo‘qmi, degan savol meni qiynaydi”, — degan Shavkat Mirziyoyev.








