Toshkentda fuqaro IIB xodimi bilan janjallashdi
Holat bo‘yicha shahar IIBB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda IIB xodimi va fuqaro o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 23-aprel kuni soat 21.00 atrofida Bektemir tumanida yuz bergan. Toshkent shahar IIBB JTSB safdor xodimi va fuqaro o‘zaro gap talashib, og‘zaki tortishishgan.
Hozirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.








