Xitoy Yerni asteroidlardan himoya qilmoqchi
Tez orada xavfli asteroidlarni kuzatuvchi texnologiya yaratiladi.

Xitoy Yerni xavfli asteroid zarbalaridan himoya qilish texnologiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi xabar berdi.
“2025–2026-yillarda Yerga xavf tug‘diruvchi asteroidlarni kuzatish texnologiyasini sinovdan o‘tkazishga harakat qilamiz. Uning yordami bilan asteroid bilan to‘qnashuvni oldini olamiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Yangi texnologiyaning asosiy vazifasi asteroidlarni kataloglash va qaysilari Yer uchun xavf tug‘dirishini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “SpaceX” kompaniyasi tomonidan yerni internet bilan ta’minlovchi 53 ta sputnik orbitaga olib chiqilgani xabar qilingandi.








