Yevroittifoq Hindiston bilan aloqalarni mustahkamoqchi
Tashkilot bu orqali mamlakatning Rossiyaga qaramligini kamaytirmoqchi.

Yevropa Ittifoqi Hindiston bilan savdo muzokaralarini qayta boshlashni rejalashtirmoqda.
Yevroittifoq Hindiston bilan ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy media va mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish bo‘yicha kengroq sa’y-harakatlarni umumiy tartibga solishni ko‘rib chiqa oladigan texnologik kengash tuzmoqchi.
Dushanba kuni Yevropa komissiyasi rahbari Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi. Yevropa Ittifoqi Hindistonning uchinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. Savdo aylanmasi 62,8 milliard yevroga baholanmoqda.
Yevropa Ittifoqi va AQSH Rossiya qurol-yarog‘ining dunyodagi eng yirik xaridori bo‘lgan Hindiston bilan yaqinroq aloqalarni o‘rnatishga harakat qilmoqda.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen energetika masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyatida.








