Yevropa farovonligi Rossiya resurslariga bog‘liq – Gerxarld Shryoder
Germaniya sobiq kansleri urushdan so‘ng butun YI Moskva bilan aloqalarini tiklashga majbur bo‘lishini ta’kidladi.

Rossiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdag yakkalab qo‘yishning imkoni yo‘q, YI farovonligi doimo rus xomashyosiga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shryoder ma’lum qildi.
“Uzoq istiqbolda siz Rossiya kabi davlatni yakkalab qo‘ya olmaysiz. Germaniya sanoati rus xomashyosiga muhtoj”, – degan u “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida.
Shryoderning qo‘shimcha qilishicha, resurslarga qaramlik faqatgina energetika manbalariga taalluqli emas.
“Bu faqat neft yoki gaz emas, balki kamyob elementlar hamdir. Bu xomashyo o‘rnini shunchaki to‘ldirib bo‘lmaydi”, – deb qayd etgan sobiq kansler.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mojarosidan so‘ng butun Yevropa Moskva bilan aloqalarini tiklaydi.
Avvalroq Rossiya Ukrainadagi “maxsus operatsiya”sining ikkinchi bosqichidan ko‘zlangan maqsadini ochiqlagandi.








