Hajga yig‘ilgan pul xotira ko‘prigiga sarflandi
Qirg‘izistonlik onaxon xalq uchun xayrli ishga qo‘l urdi

Nafaqaxo‘r Nurxon Qo‘chqorova ziyorat uchun yig‘ilgan mablag‘ni Qadamjoy tumanidagi daryo ustidan ko‘prik qurilishiga sarfladi.
Avvallari Qizilbuloqdan Gʻayrat qishlog‘iga o‘tish uchun 2 kilometr yo‘l bosib o‘tishga to‘g‘ri kelgan, endi yangi ko‘prik odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilmoqda.
“Turmush o‘rtog‘im 43 yoshida olamdan o‘tdi. Uning xotirasiga xayrli ish qilmoqchi edim. Pulimni hammaga foydali bo‘lsin deb, ko‘prik qurilishiga berdim. Haj ziyoratini ado etsam, faqat men o‘zim uchun yaxshilik bo‘ladi, odamlarga foydali narsa qilish haqida o‘yladim”, — dedi xayrli ish sohibasi








