O'zbekiston

“O‘zbekiston — mintaqaning markaziy iqtisodiyoti” — Denis Manturov

Bugun Toshkentda yana bir yirik xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.

“O‘zbekiston — mintaqaning markaziy iqtisodiyoti” — Denis Manturov

 

Ikkinchi marta o‘tkazilayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya, Belarus, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Armaniston va boshqa davlatlar ishtirok etmoqda.

 

O‘tgan yili Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan ko‘rgazma yakunida 3,2 milliard dollarlik investision kelishuv imzolangandi. Joriy yili bu kabi kelishuvlar hajmi kengayishi kutilmoqda.

 

Jahon iqtisodiyotidagi keskin burilishlar tobora yangi sharoitlarga moslashishga majbur qilmoqda. Ochilish marosimida qayd etilganidek, yildan-yilga ishlab chiqarish markazlari, TEXNOLOGIYALAR va investisiyalar Gʻarbdan Sharqqa, Yevropadan Osiyoga ko‘chmoqda.

 

Ko‘rgazma ochilish marosimida so‘zga chiqqan bosh vazir o‘rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov bugungi kunda butun dunyoda savdo hamda iqtisodiy aloqalar shart-sharoitlari o‘zgarib borayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yildagi global iqtisodiyotidagi jarayonlarning o‘zi yaqin iqtisodiy hamkorlar bilan birga mavjud imkoniyatlardan foydalanishga undamoqda.

 

“Biz bugun O‘zbekistonda sanoat salohiyatini, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish, shuningdek, ichki va tashqi bozorda katta talabga ega mahsulotlari ishlab chiqarish bilangina muvaffaqiyatga erishish, iqtisodiy o‘zishga erishish mumkinligini yaxshi anglaymiz”, — deya ta’kidladi vazir.

 

Ko‘rgazmada Rossiya delegasiyasiga boshchilik qilayotgan RF sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ham sanoat kooperasiyasi muhimligini aytdi. 

 

“Global iqtisodiyotdagi jarayonlar bizga kooperasiya, logistika, savdo-iqtisodiy aloqalarni qanday rivojlantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoqda”, — dedi u.

 

Shuningdek, Denis Manturov O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga alohida to‘xtaldi.

 

Rossiya vaziri milliy valyutalarda savdo qilish zarurati haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yanada mustaqil bo‘lish imkonini beradi. Bu nafaqat dollar, balki yevroning ham ulushini kamaytirishni nazarda tutadi.

 

Sanoat ko‘rgazmasi 27-aprelgacha davom etadi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“O‘zbekiston — mintaqaning markaziy iqtisodiyoti” — Denis Manturov | Zamon.uz