O'zbekiston

Chiroqchida kuchli sel kelishi kuzatildi

Hodisa oqibatda aholi xonadonlari va maktab binosi zararlangan.

Chiroqchida kuchli sel kelishi kuzatildi

 

24 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi “Quruqsoy” mahallasida kuchli sel kelishi bilan bog‘liq favqulodda holat kuzatilgan. Bu haqda viloyat FVV xabar qildi.


Hodisa oqibatida “Govxona” qishlog‘i hududidagi 2 ta aholi yashash xonadonlariga sel suvlari to‘planib qolgan. Shuningdek, 60-sonli maktab hududini o‘rab turgan 15 metr masofadagi chegara devorlariga ziyon yetgan.


Bundan tashqari, fuqaro tomonidan sel yo‘nalishi bo‘ylab qurib olingan molxona va somonxona ag‘darib, yaroqsiz holatga kelib qolgan.


Mutaxassislar bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qishloq ichidan o‘tuvchi suv ariqlari yillar davomida tozalanmaganligi hamda ichki yo‘llardan o‘tuvchi ariq suvlarini yo‘naltirishga mo‘ljallangan quvurlar qum va tosh aralashmalari bilan to‘lib qolganligi sababli sel suvlarini aholi yashash xonadonlarigacha kirishi kuzatilgan.


Toshqin oqibatida fuqarolarga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chiroqchida kuchli sel kelishi kuzatildi | Zamon.uz