Erdo‘g‘an Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
U yana bir bor Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qilgan.

26 aprel kuni Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti kanselyariyasi xabar berdi.
Erdo‘g‘an yana bir bora Putinga Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qilgan. Uchrashuv joyi sifatida Istanbul ko‘rsatilgan. Shu bilan birga u Ukrainada mustahkam tinchlik o‘rnatilishi uchun hamma narsa qilishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Shuningdek, Turkiya yetakchisi Rossiya-Ukraina muzokaralarida ijobiy natijalarga erishilganini taʼkidlagan.
Avvalroq Turkiya Qora dengizda barqarorlikni saqlab qolishdan manfaatdorligini maʼlum qilgandi.







