“Megafon” kompaniyasi O‘zbekistondagi yo‘llarni modernizatsiya qilishga yordam beradi
Bu bo‘yicha hujjat “Innoprom” ko‘rgazmasida imzolandi.

Rossiyaning “Megafon”, “Digital Holding” qo‘shma korxonasi va Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi yo‘l-transporti sohasini raqamli transformatsiya qilish sohasida hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Megafon” kompaniyasi vazn va o‘lchamlarini nazorat qilish loyihasi bo‘yicha intellektual tizimini yaratishga yordam beradi.
Bundan tashqari, Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasi avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishda innovasiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
Shuningdek, Rossiya o‘z avtomobil zavodlariga O‘zbekistondan butlovchi qismlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
4








