Yaponiya iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun 48 milliard dollar ajratmoqchi
Bu mablag‘ birinchi navbatda nimaga yo‘naltirilishi ochiqlandi.

Yaponiya narx-navo oshishi oqibatlarini yumshatish uchun qo‘shimcha davlat byudjeti qabul qilmoqchi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, hukumat 6 trillion 200 milliard iyen (48 milliard dollar) mablag‘ ajratish niyatida. Bu resurslar birinchi navbatda benzin va boshqa neft mahsulotlari narxini barqarorlashtirish uchun yo‘naltiriladi. Shu bilan birga kichik va o‘rta biznes hamda kam taʼminlangan oilalarga yordam ko‘rsatish choralari belgilanmoqda. Bu dastur uchun esa davlat rezervlaridagi 1 trillion 500 milliard iyen (11.8 milliard dollar) ajratiladi. Yaponiya hukumati hozirgi vaziyat pandemiya oqibatida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni chuqurlashtirishidan xavotirda.
Avvalroq Yaponiya Rossiya raketa sinovlari to‘g‘risida maʼlumot to‘playotgani xabar qilingandi.







