Andijonda “Lobo” avtomobili YTHga uchradi
Hodisa oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun, 27-aprel kuni soat 13.10 atrofida Shahrixon tumanining “Qoziqo‘rg‘on” MFY hududida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hosidasi ro‘y berdi.
Xabar qilinishicha, mazkur hududdan o‘tgan A–373 avtomobil yo‘lining 409-kilometrida “Lobo” hamda “Spark” rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv oqibatida “Lobo” avtomobili ag‘darilib ketgan.
Hodisadan so‘ng “Labo” avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








