O'zbekiston

Jizzaxda tibbiyot xodimlari bemorni zambildan tushirib yuborgani rostmi?

Holat bo‘yicha SSV ma’lumot berdi.

Jizzaxda tibbiyot xodimlari bemorni zambildan tushirib yuborgani rostmi?

 

Ijtimoiy tarmoqda “Arnasoy” yozuvi tushirilgan tez tibbiy yordam avtomashinasi yonida bemor zambildan beixtiyor yerga yiqitib yuborilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan SSV matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 23-24 aprel kunlari Jizzax viloyati Arnasoy tumanida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videorolik tuman madaniyat markazi rejissyori B.Ayyubov tomonidan hududdagi “Gʻafur Gʻulom”, “Gʻoliblar”, “Bobur” va “Oltin vodiy” MFY yoshlaridan iborat “Shovvozlar” terma jamoasi uchun maxsus suratga olingan.

 

Shundan so‘ng bu lavha mazkur jamoa a’zolarining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga “Quvnoqlar va zukkolar uchun maxsus” tagso‘zi ostida joylangan. Ammo keyinchalik ayrim blogerlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan holda internet tarmoqlariga tarqatib yuborilgan.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu videolavhadagi noxush holatga tez tibbiy yordam tizimining, xususan, Arnasoy tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam brigadasi xodimlarining mutlaqo aloqasi yo‘q.

 

“Shu bois vazirlik fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimlari obro‘siga putur yetkazadigan bu kabi asossiz axborot va videolavhalarni tarqatmasliklarini so‘rab qoladi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda tibbiyot xodimlari bemorni zambildan tushirib yuborgani rostmi? | Zamon.uz