Parij aholisi Makronga pomidor otdi
Bundan ikki yil avval prezidentga tuxum bilan “hujum qilingandi”.

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Parijdagi aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazayotganda, unga qarata pomidor otildi. Bu haqda “BFM” telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea siyosatchi tansoqchilar qurshovida bo‘lgan katta olomon o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Qo‘riqchilar darhol Fransiya prezidentini o‘rab olgan va uning boshinni soyabon bilan himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan ikki yil avval ham fuqarolardan biri Makronning boshiga tuxum otgan edi.








