Rossiya BMTning yana bir tuzilmasini tark etadi
Avvalroq Moskva BMT inson huquqlari kengashidan chetlatilgandi.

Rossiya BMT Butunjahon turizm tashkilotini tark etish istagini bildirdi. Bu haqda tashkilot Twitter sahifasida xabar qilindi.
“Rossiya tashkilotni tark etish istagini bildirdi. Buning uchun zarur jarayonlar o‘tkaziladi va bunga bir yil vaqt kerak”, – deyiladi xabarda.
Hozirda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining Madridda yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiyani tashkilotdan chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Bundan oldin Moskva BMT inson huquqlari kengashidan chetlatilgandi.
Avvalroq RF prezidenti BMT bosh kotibi bilan uchrashgandi.







