Afg‘onistonda kuchli portlash sodir bo‘ldi
Oqibatda 9 kishi halok bo‘lib, 13 kishi yaralangan.

Bugun, 28 aprel kuni Balx viloyati markazi Mozori Sharifda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sulton Gʻiyosuddin nomidagi maktab yaqinida tinch aholi bo‘lgan mikroavtobus portlatilgan.
“Aamaj News” Balx viloyatidagi portlashda 9 kishi halok bo‘lgani va 13 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning 77 nafar fuqarosi Tojikistonga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi.








