Jahon

Buyuk Britaniya NATOni global tashkilotga aylantirishni taklif qildi

Ushbu taklif mamlakat tashqi ishlar vaziridan chiqqan.

Buyuk Britaniya NATOni global tashkilotga aylantirishni taklif qildi

 

NATO global tashkilotga aylanishi kerak. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass maʼlum qildi.

 

“Bizga global NATO kerak. Ammo men boshqa mintaqa davlatlarini qo‘shish orqali tashkilotni kengaytirish tarafdori emasman. Men NATOning global tahdidlarni hal qilishi lozimligini nazarda tutyapman”, – degan u.

 

Shu bilan birga u alyansning ochiq eshiklar siyosatining daxlsiz ekanini aytgan. Bundan tashqari, Trassning so‘zlariga ko‘ra, Yevroatlantika va Hind-Tinch okeani mintaqasi xavfsizligi NATO uchun birdek muhim. Shu sababli TIV rahbari Yaponiya va Avstraliya kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini taʼkidlagan.

 

Avvalroq Shvetsiya va Finlyandiya yozda NATOga kirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

custom img

AQSHda mahkumlar qatl etilishi mumkin

Donald Tramp tegishli qarorni qabul qilsa, bu AQSH harbiy tizimi tomonidan 1961-yildan buyon amalga oshiriladigan ilk qatl bo‘ladi.

custom img

Isroilda sodir bo‘lgan qurolli hujumda bir kishi halok bo‘ldi

Voqeadan so‘ng mahalliy aholiga uyda qolish tavsiya etildi, ayrim maktablarda esa o‘quvchilar bir necha soat davomida binolarda saqlab turildi.

custom img

Ebola epidemiyasiga qarshi kurash uchun 518 million dollar ajratiladi

Kongoda bir kunning o‘zida 71 ta yangi holat aniqlangan bo‘lib, rasmiylar buni “jamiyat ichida faol tarqalish” belgisi deb baholagan.

custom img

Tayvan Xitoy kemalarini suv hududidan chiqarib yubordi

Hodisa Pekin va Taypey o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, tomonlarning o‘zaro ogohlantirishlari bilan kechdi.

custom img

Hindistonda “Suvaraklar partiyasi” ommaviy namoyish o‘tkazdi

Namoyishchilar Hindiston ta’lim vazirining iste’fosini talab qilmoqda.

custom img

Eron terma jamoasiga AQSHga faqat o‘yin kunlari kirishga ruxsat beriladi

Futbolchilar o‘yin o‘tkazilgan kunning o‘zida mamlakatni tark etishi shart bo‘ladi.

custom img

Tolibon yuzini yopmagan va tor kiyingan ayollarni qamoqqa olish bilan ogohlantirdi

Hujjatda namoz ro‘molisiz, yuzi ochiq holda, tor kiyimlarda yoki pardoz qilib ko‘chaga chiqqan ayollar Tolibonning axloq nazoratchilari tomonidan qo‘lga olinishi qayd etilgan.

custom img

NATO Ukraina uchun 70 milliard yevrolik yangi harbiy yordam paketini muhokama qilmoqda

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi 7–8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitining asosiy mavzularidan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"