May oyida Bayden Sharq mamlakatlariga safar qiladi
Mezbon davlatlar — Yaponiya va Janubiy Koreya.

AQSH prezidenti Jo Bayden may oyining oxirida Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki maʼlum qildi.
“Prezident Jozef Bayden hukumatlarimiz, iqtisodiyotlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish maqsadida 20-24 may kunlari Koreya Respublikasi va Yaponiyaga tashrif buyuradi”, — deyiladi Psaki bayonotida.
Qayd etilishicha, Bayden har bir davlatda mahalliy yetakchilar – Koreya Respublikasining yangi saylangan prezidenti Yun Sok Yel va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
“Rahbarlar hayotiy muhim xavfsizlik munosabatlarimizni chuqurlashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va amaliy natijalarga erishish uchun yaqin hamkorligimizni kengaytirish yo‘llarini muhokama qiladilar”, — dedi matbuot kotibi.
Shuningdek,Tokioda AQSH prezidenti Avstraliya va Hindiston rahbarlari bilan ham uchrashadi.







