Namanganda YPX mashinasi avtohalokatga uchradi
Unga to‘qnashgan “Matiz” yo‘l сhetiga ag‘darilib ketgan.

Bugun, 28 aprel kuni soat soat 15:30 da To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 4P-112 avtomobil yo‘lining 55-kilometrida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Laсetti” avtomobili o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan “Matiz”ning orqa tomoniga borib urilgan. Shundan so‘ng “Matiz” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, YPX xodimiga tegishli avtomobil bilan to‘qnashgan va yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida “Matiz” ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








