NATO Finlyandiya va Shvetsiyani "quchoq ochib" kutib olishga tayyor
Bu davlatlar alyansga ariza topshirsa bo‘lgani-Yens Stoltenberg.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiya aʼzolik uchun ariza topshirsalar, ittifoqqa quchoq ochib kutib olinishlarini aytdi, deb yozadi "The Guardian".
Qayd etilishicha, Stoltenberg Bryusselda Yevroparlament prezidenti Roberta Metsola bilan qo‘shma brifingda shunday bayonot bergan.
Metsola, o‘z navbatida, kelgusi haftada Strasburgda Rossiya Federatsiyasiga qarshi navbatdagi sanksiyalar muhokama qilinishini taʼkidladi.
Finlyandiya va Shvetsiya yaqin haftalarda NATOga aʼzo bo‘lish uchun ariza beradi.
Ayni paytda, RF Finlyandiyaning mumkin bo‘lgan NATOga kirishi uni Rossiyaning javob choralari nishoniga aylanishiga olib kelishidan ogohlantirmoqda.







