Rossiya gazining o‘rnini bosa olmaymiz – Mayya Sandu
Shuningdek, u elektr ishlab chiqarish ham gazga bog‘liqligini maʼlum qilgan.

Moldaviya prezidenti Mayya Sandu Rossiya gaziga muqobili yo‘qligini tan oldi. Bu haqda “RT” xabar berdi.
“Muqobil bo‘lmagan bir sharoitda gazdan voz kecha olmaymiz. Shuningdek, elektr energiyamiz ham gazga bog‘liq, bu yerda ham muqobil yo‘q. Chunki biz amalda Ruminiya bilan bir tarmoqqa bog‘lanmaganmiz”, – degan u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Gazprom” bilan shartnoma to‘xtab qolgan taqdirda gazni boshqa bozorlardan olishga to‘g‘ri keladi, bu esa Kishinyovga qimmatga tushishi mumkin.
Avvalroq Rossiya Polsha va Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygandi.







