Sirdaryoda 17 yoshli fuqaro kanalda oqib ketdi
Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Yangiyer shahrining “Fazilat” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida 17 yoshli fuqaro suv inshootining belgilanmagan joyida cho‘milayotgan vaqtida cho‘kib ketgan.
Voqea joyiga darhol viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari yetib borgan va hozirda qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, viloyat FVB va IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








