Istiqbolli loyihalar agentligiga direktor tayinlandi
Unga Dmitriy Romanovich Li rahbarlik qiladi.

Dmitriy Romanovich Li Istiqbolli loyihalar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekistan Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; sohada investorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.








