Qashqadaryoda 27 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi
U yashash uyining molxonasiga o‘zini osib qo‘ygan.

Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi 27 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Nasafnews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 24-aprel kuni sodir bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan erkak yashash uyining molxonasiga arqon bilan o‘zini osib, voqea joyida vafot etgan.
Marhumning otasining so‘zlariga ko‘ra, shu kuni o‘g‘li qaynotasi tomonidan olib ketilgan va ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. U o‘g‘lining o‘limiga shu janjal sabab bo‘lganini iddao qilmoqda.
Ayni paytda xolat yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gʻuzor tumanida 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ygani xabar qilingandi.








