Farg‘onadagi bog‘chada fuqarolar o‘zaro janjallashdi
Unda maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘ining o‘g‘li chopqi bilan tahdid qilgan.

Ijtimoiy tarmoqda Uchko‘prik tumanidagi bog‘cha hududida tuman bo‘limi mudirasining o‘g‘li va 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining sobiq mudirasi va singlisi o‘rtasida janjal aks etgan ideo tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan tezkor o‘rganish olib borilib, rasmiy munosabat bildirildi.
Ma’lum qilinishicha, 28-aprel kuni Uchko‘prik tumani Miltiqchi qishlog‘ida joylashgan 11-MTTga yangi mudira tayinlanganligi sababli tanishtiruv jarayonida sobiq bog‘cha mudirasi, uning onasi va singlisi shuningdek, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i o‘rtalarida janjal kelib chiqadi. Oqibatda ikki nafar fuqaroga tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur janjalga tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘ining o‘g‘li aralashib, sobiq bog‘cha muridasi va uning oila a’zolari bilan janjallashib, avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan chopqi (dastkalla) bilan onasini yana bezovta qilishsa, shu bilan chopib tashlashligini bildirib, tahdid qilgan.
Holat shu kunning o‘zida tuman IIB tomonidan o‘rganilib, birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilgan va tomonlarning jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.








