Rossiyada salomatligi yomonlashib, pulsiz qolib ketgan o‘zbek migrantiga yordam berildi
U fevral oyidan buyon Nyagan shahridagi yog‘ochni qayta ishlash korxonasida mehnat qilayotgan bo‘lgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasining Nyagan shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro salomatligini yo‘qotib, mablag‘siz qolib ketgan.
Og‘ir ahvolda qolgan fuqoro agentlikning Yekaterinburg shahridagi vakolatxonasiga yordam so‘rab, murojaat qiladi.
Shundan so‘ng migrantga Rossiyadagi o‘zbek diasporasi faollari hamda vakolatxona tomonidan yordam ko‘rsatilgan.








