Toshkentda “Matiz” yonib ketdi
Holat yuzasidan shahar IIBB ma’lumot berdi.

29 aprel kuni Yunusobod tumani “Iftixor” ko‘chasida “Matiz” avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida avtomashina yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Shundan so‘ng transport vositasining old qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








