9-may kuni Ukrainani nimalar kutmoqda?
Putin “Gʻalaba paradi”da Ukraina masalasi bo‘yicha muhim nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Vladimir Putin 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan Rossiyadagi Gʻalaba paradidan foydalanib, Ukrainaga hal qiluvchi zarba berish uchun o‘z zaxiralarini ommaviy safarbar qilishini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles ma’lum qildi.
U Rossiya prezidenti dunyo “natsistlari”ga qarshi yangi urush e’lon qilishi mumkinligini aytmoqda.
Shu bilan birga, Uolles Putinning bunday bayonot bilan chiqish niyatida ekanligi haqida aniq ma’lumotga ega emasligini, biroq Putinning ritorikasini inobatga olgan holda, buning imkoni borligini tan olishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha ommaviy axborot vositalari bilan suhbat chog‘ida Rossiya bilan muzokaralarni tugatish xavfi yuqoriligi haqida gapirgan edi.








