O‘zbekistonning uchuvchisiz samolyoti Afg‘onistonga hujum qilgani aytilmoqda
Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston Respublikasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi rasmiy munosabat bildirib, tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlari tomonidan qo‘shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo‘lmagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘shni davlatlar aviasiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg‘ol aviasiyasi qat’iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o‘tamoqda.








