Zoyir Mirzayev kam ta’minlangan oila farzandlariga hayitlik tarqatdi
Shuningdek, Ramazon hayiti arafasida bemorlarga 500 ming so‘mdan pul mablag‘lari tarqatilgan.

Bugun, 1-may kuni Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga hayitlik ulashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlariga va nogironligi bo‘lgan bolajonlarning 400 nafardan ziyodiga maxsus hayitlik — mavusmiy kiyim-boshlar olib berilgan.
Bundan tashqari, Ramazon hayiti arafasida barcha tuman va shaharlardagi 2000 nafar bemor, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga 500 ming so‘mdan hayitlik sifatida yetkazib berilgan. Buning uchun mahalliy byudjetlan 1 mlrd so‘m ajratilgan.








