O'zbekiston

OTMga kirishdagi imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

Endi imtiyozlarni berish platforma orqali amalga oshiriladi.

OTMga kirishdagi imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

 

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkazilib, qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

 

Unga ko‘ra, OTMlarga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoida belgilanadi.

 

Bunda, OTMlarga o‘qishga kirishda imtiyozlar berish to‘liq raqamlashtiriladi hamda elektron platforma orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, o‘qishga kirishda imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, OTMlarga o‘qishga kirish uchun ijodiy imtihonlarni (jismoniy tarbiya, rassomchilik va.h.k.) hamda yakuniy imtihonlarni topshirishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, bir OTMdan boshqa oliygohga ko‘chirish (shu jumladan, chet eldan) jarayonini raqamlashtirish, shuningdek, ikkinchi mutaxassislikka hamda hamkor chet el oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda qo‘shma o‘quv dasturlariga qabul qilish va talabalar hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash choralari ko‘riladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

OTMga kirishdagi imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi | Zamon.uz