Qirg‘izistonda 35 kishi shirinlikdan zaharlandi
Ular orasida bolalar ham bor.

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 30 dan ortiq odam shirinlikdan zaharlandi. Ularning 18 nafarini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi. Bu haqda “Kabar” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur voqeadan so‘ng mutaxassislar qandolat sexida navbatdan tashqari tekshiruv o‘tkazgan. Tekshiruv davomida shirinliklar Qorasuv tumanidagi “Saxobat” korxonasida tayyorlangani va bozordagi rastalarda saqlash sharoitiga rioya qilinmay sotilgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda korxona faoliyati to‘xtatilgan va uning egasiga jarima belgilangan. Savdo nuqtalaridagi jami 1000 qutiga yaqin mahsulot peshtaxtalardan olib qo‘yilgan.
Javohirbek TURSUNOV








