Sirdaryoda haydovchi oyog‘ini mashina salonidan chiqarib harakatlandi
Holat yuzasidan fuqaroga qanday chora ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqda “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi qoidani buzgan holda transport vositasidan tana qismini (oyog‘ini) chiqarib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXX ramiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, video yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan. 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan tegishli chora ko‘rilib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Shuningdek, hozirda videolardagi qolgan qoidabuzarliklar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








