Janubiy Koreya va AQSh qo'shma harbiy mashg'ulot o'tkazadi
Maqsad Shimoliy Koreyadan kelayotgan raketa tahdidlariga qarshi turish.

Janubiy Koreya va AQSh kelasi haftada muntazam qo‘shma havo kuchlari mashg‘ulotlarini boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Yonhap" axborot agentligi.
Manbaning qayd etishicha, mashg‘ulotlardan maqsad “Shimoliy Koreyadan kelayotgan raketa tahdidlariga qarshi mudofaa pozitsiyasini” namoyish etishdir.
Mashqlar kelasi dushanba kuni “kuch orqali tinchlik” shiori ostida Seul-Vashington xavfsizlik ittifoqini mustahkamlashga va’da bergan Janubiy Koreyaning saylangan prezidenti Yun Sek Yolning inauguratsiya marosimi oldidan boshlanishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun:Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya 24-mart kuni qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazganidan so‘ng sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib oldi.








