O'zbekiston

Prezident IIV situatsion-tahliliy markaziga bordi

Davlat rahbari vazirlik tizimida “inson omilini istisno etuvchi” elektron navbat joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident IIV situatsion-tahliliy markaziga bordi

 


Bugun, 3-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligining Situatsion-tahliliy markazida bo‘ldi.

 

Bu majmua ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini axborot texnologiyalari asosida boshqarishga ixtisoslashgan. Zamonaviy bino qurilib, 554 terrabayt xotiraga ega 18 ta server, katta hajmli kuzatuv ekrani, kompyuterlar bilan jihozlangan.

 

Markazda “102” tizimi, videokuzatuv kameralari, internet va boshqa manbalardan kelib tushayotgan ma’lumotlar avtomatlashgan tarzda yig‘iladi va qayta ishlanadi. Qoidabuzarlik avtotransportning davlat raqami yoki shaxsning yuz qiyofasi orqali tezkor aniqlanib, qidiruv tashkil etiladi. Bu tizim sun’iy intellekt yordamida ishlaydi va inson omili minimal darajada. Bular orqali markaz butun mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Prezident markazdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, ish tizimi bilan tanishdi. Bu yerda barcha huquq-tartibot idoralari va shoshilinch xizmatlar ma’lumotlarini integrasiya qilish zarurligini ta’kidladi.

 

“Bu katta ish. Lekin qamrov va tezkorlikni oshirish kerak. Odamlar qachon o‘zini xavfsiz, erkin sezadi? Qachon turist ko‘payadi? Jinoyatchilik yo‘q bo‘lsa, xavfsizligiga ishonsa, ko‘chada tartibdan tozalikkacha - hammasi ta’minlangan bo‘lsa. Buning uchun barcha huquq-tartibot idoralari ma’lumotlarini bir mushtdek integratsiya qilish kerak. Bu integrasiya kirib borgan har bir tarmoq xodimlarining dunyoqarashini o‘zgartirish zarur”,— dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Axborot texnologiyalari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida bu tizim uchun kadrlar tayyorlash, tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlarida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaydigan tahlilchilar faoliyatini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Ichki ishlar tizimida “inson omilini istisno etuvchi” elektron navbat, masofadan murojaat kabi onlayn xizmatlarni keng joriy etish vazifasi qo‘yildi.

 

Mahallalarda ijtimoiy muammolarni tahlil qilish, profilaktika inspektorlarining kunlik ish faoliyatini rejalashtirish va monitoring qilish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

 

Shu yerda Samarqand viloyatida “Xavfsiz turizm” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan tizim namoyish qilindi.

 

Davlat rahbari ichki ishlar tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va yangi xizmat kiyimi namunalarini ham ko‘zdan kechirdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident IIV situatsion-tahliliy markaziga bordi | Zamon.uz