Rim papasi Moskvaga bormoqchi
Zelenskiydan avval Putin bilam gaplashishi kerak-Rim papasi Fransisk.

Rim papasi Fransisk Ukrainadagi kelishuvni muhokama qilish maqsadida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishga tayyorligini bildirdi.
Vatikan Putinga papaning Moskvaga borishga tayyor ekanligi haqida xabar yuborgan, ammo hozircha javob olganicha yo‘q.
Frensisk shuningdek, hozircha Kiyevga bormasligini aytdi. "Men u yerga to‘rtinchi bor borgan kardinallar Mixayel Cherniy va kardinal Konrad Krayevskiyni yubordim. Lekin men borishimga hojat yo‘qligini his qilyapman. Avval Moskvaga borishim kerak, avval Putin bilan uchrashishim kerak", - deydi Rim papasi.
U Ukrainada harbiy maxsus operasiya boshlanganidan so‘ng darhol prezident Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilganini va Putin bilan faqat dekabr oyida 85 yoshga to‘lgan kunida gaplashganini esladi.








