O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi qurilgan yo‘lni borib ko‘rdi

Mazkur yo‘l soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvatiga ega.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi qurilgan yo‘lni borib ko‘rdi

 

Bugun, 3 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yangi ochilgan majmua – yangi yo‘l va ko‘prikni borib ko‘rdi.

 

Uning qurilishi 2020 yil avgustda boshlangan edi. Loyiha doirasida 6,5 kilometr uzunlikdagi 6 tasmali avtomobil yo‘li, 6 ta ko‘prik qurildi. Bu orqali Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasi Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Usmon Nosir ko‘chalari bilan samarali bog‘landi.

 

Shu paytgacha Sergeli tumanidan shahar markaziga kelib-ketadigan avtomobillar asosan bitta yo‘l – Yangi Sergeli ko‘chasi orqali harakatlanar edi. Soatiga 4 mingta avtotransport qatnoviga mo‘ljallangan bu yo‘lda aslida yuklama bundan katta, shu bois ertalab va kechki paytlarda juda tirband bo‘lardi.

 

Yangi qurilgan yo‘l soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvatiga ega. Bu tirbandlik muammosini bartaraf etib, poytaxt aholisiga juda katta qulaylik yaratadi.

 

Ko‘priklar, ularga chiqish-tushish qismlari oqilona loyihalashtirilib, mavjud yo‘llarga svetoforsiz ulangan. Natijada avtotransportlar boshqa yo‘llardagi qatnovga to‘xtovsiz, qulay tarzda qo‘shilib ketishi mumkin.

 

Yana bir tomoni – havoga ta’siri. Yangi yo‘l ochilishi natijasida havoga zararli gaz chiqishi 3 barobarga kamayadi.

 

Yo‘l bo‘ylariga energiya tejamkor yoritgichlar, uzum ishkomlari o‘rnatilgan. Bo‘sh maydonlar ko‘kalamzorlashtirilib, piyodalar yo‘lagi va veloyo‘lakchalar tashkil etilgan.

 

Shu yerda Toshkent shahrida avtomobil yo‘llari qurish va shahar transport tizimini takomillashtirish takliflari taqdimoti o‘tkazildi. Bugun ochilgan yo‘lni davom ettirib, Sergeli tumanini aylanib o‘tuvchi halqa yo‘ligacha 6 kilometrlik yo‘l barpo etish loyihasi ma’qullandi.

 

Davlat rahbari yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

 

“Hamma joyda yo‘l qurib yoki kengaytirib bo‘lmaydi. Ko‘p narsa qatnovni to‘g‘ri tashkil etishga ham bog‘liq. Endi yo‘llarning, chorrahalarning o‘tkazuvchanligini oshirish, raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident shu yerda toshkentlik nuroniylar, jamoatchilik faollari bilan suhbatlashdi.

 

“Milliy qadriyatimizga ko‘ra, yo‘l va ko‘prik qurish – savob. Odamlarning uzog‘ini yaqin qiladigan bu yo‘l hozirgi ulug‘ ayyom kunlarida ochilayotgani ham quvonarli. Ilgari “Sergelida 10 ta uy qursa bo‘ladimi” deganda hech kim ishonmasdi. Oxirgi besh yilda Sergeli va Yangihayot tumanlarida 800 ga yaqin ko‘p qavatli uylar qurildi, qariyb 100 ming aholi boshpanali bo‘ldi. Mana endi yo‘llari ham rivojlanyapti. Hozir mutaxassislar bilan keyingi loyihalar bo‘yicha ham maslahatlashib oldik. Ularni vaqti bilan, mehnatimiz bilan, tinchlik-osoyishtalikda amalga oshira olamiz”, - dedi davlat rahbari.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi qurilgan yo‘lni borib ko‘rdi | Zamon.uz