Jizzax viloyatida kuzatilgan kuchli sel oqibatlari — foto
Bugun Zomin tumanining tog‘li hududlarida suv toshqinlari yuz berdi. Oqibatda ayrim avtomobil yo‘llariga zarar yetgan.

Bugun, 4 may kuni Jizzax viloyatining Zomin tumani Peshag‘or qishlog‘ida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel oqimlari kuzatildi. Hodisa oqibatida aholi yashash uylarining hovlisiga, ekin maydonlariga va avtomobil yo‘llariga suv toshgan.












