O'zbekiston

Jizzaxda sel 20 yoshli fuqaroni oqizib ketdi

Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Jizzaxda sel 20 yoshli fuqaroni oqizib ketdi

 

Bugun, 4-may kuni Jizzax viloyati Zomin tumanidagi tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tumanning “Pishog‘ar”, “Achchi” va “Sho‘rcha” qishloqlaridan o‘tgan soylardan sel suvlarinining oqishi kuzatilgan. 


Hodisa oqibatida sel suvlari “Jizzax—Zomin” avtomobil yo‘li ostida o‘rnatilgan quvurlarga sig‘masdan, ushbu yo‘lning 25-, 26- va 27-kilometrlari ustidan toshib, yana soy o‘zani bo‘ylab oqib o‘tgan.


Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar suvda oqib kelayotgan “Pishog‘ar” QFY Qong‘li qishlog‘ida yashovchi 20 yoshli fuqaroni qutqarib olgan. Hozirda ushbu fuqaroning ahvoli yaxshi, tan jarohati olmagan.

 

Viloyat FVB qutqaruvchilari tegishli xizmatlarning kuch va vositalari bilan sel suvlari toshgan ko‘chalar, aholi xonadonlari o‘rganishmoqda. Yo‘llarda xavfsizlik YPX xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni Jizzax viloyatida kuzatilgan sel Forish tumanidagi 100 dan ortiq qabrlarni oqizib ketgandi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Jizzaxda sel 20 yoshli fuqaroni oqizib ketdi | Zamon.uz