O'zbekiston

Toshkent viloyatida sug‘oriladigan yerlar talon-taroj qilindi

Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Toshkent viloyatida sug‘oriladigan yerlar talon-taroj qilindi

 

Toshkent viloyat prokuraturasi Qibray tumanida yer qonunchiligiga oid qonunbuzarlik holatlarini aniqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “D.M” xususiy korxonasining rasmiy va norasmiy rahbarlari “S.I” MCHJga tegishli 1 gektar maydondagi issiqxonani qayta rekonstruksiya qilishga “ruxsatnoma” olib, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkasida qurilish ishlarini boshlab, sug‘oriladigan ekin maydonini muomaladan chiqargan va 1 029 mln so‘m zarar yetkazgan.

 

Bundan tashqari, korxona rahbari bir vaqtning o‘zida “S.I.” MCHJ va “D.M.” XK rahbari bo‘la turib, ushbu jamiyatlarning norasmiy rahbari B.I. bilan birgalikda “Agrokimyohimoyaservis” MCHJ balansidagi 4,13 gektar yer uchastkasining 0,75 gektar qismida qurilish ishlarini boshlab, 774 mln so‘m miqdorda zarar yetkazgan.  

 

Mazkur holat yuzasidan “S.I.” MCHJ va “D.M.” xususiy korxonasining rasmiy hamda norasmiy rahbarlariga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.  Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent viloyatida sug‘oriladigan yerlar talon-taroj qilindi | Zamon.uz