Andijonlik yigit otasini haqorat qilgan tanishini pichoqlab o’ldirdi
Shundan so’ng u ashyoviy dalillarni yo’q qilishga urinib, voqea joyidan yashiringan.

Andijonda yigit otasini haqorat qilgan qilgan fuqaroni pichoqlab o’ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 30-aprel kuni soat 14.00 atrofida Paxtaobod tumani “Qovul” mahallasida sodir bo’lgan. Mazkur mahallada yashovchi 25 yoshli yigit otasini haqorat qilgan tanishi bilan o’zaro janjallashadi va avtomashinasidagi xo’jalik pichog’i bilan uning qorin qismiga jarohat yetkazadi.
Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga olib kelingan bo‘lsa-da, shifokorlar tomonidan unga ko‘rsatilgan tibbiy mulojalarga qaramay, shifoxonada vafot etgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tergov-tezkor guruhi ko‘zdan kechirish tergov harakatini olib borgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi voqea joyidan yashirinib, mahalladagi uylarining biriga qirib, ashyoviy dalilni yo‘q qilish maqsadida uyning hojatxonagasiga pichoqni tashlab yuborgan. Bir qator chora tadbirlardan so‘ng 1 dona xo‘jalik pichog‘i hamda yigitning egnida bo‘lgan kiyimlar va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda yigitga nisbatan Jinoyat kodeksning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.








