Germaniya aholisini o‘n kunlik oziq-ovqat zaxirasini yig‘ishga chaqirdi
Bu haqda Federal ichki ishlar vaziri Nensi Feyzer Germaniyaning Handelsblatt gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Mavjud inqiroz sharoitida nemis xususiy uy xo‘jaliklari kutilmagan holatlar yuzaga kelganda zaruriy tovarlarni zaxiralashi mantiqan to‘g‘ridir.
«Hozirgi inqiroz bizga fuqaro muhofazasi masalasida sezilarli yaxshilanishlar kerakligini aniq ko‘rsatmoqda. Agar elektr quvvati uzoq vaqt o‘chib qolsa yoki kundalik hayot boshqa yo‘l bilan cheklangan bo‘lsa, uyda oziq-ovqat mahsulotlarini favqulodda yetkazib berish oqilona bo‘lardi», — dedi N.Feyzer.
Germaniya Ichki ishlar vaziri mahalliy aholi eʼtiborini favqulodda vaziyatlarda o‘n kunlik bir kishi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat paketini tavsiflovchi ro‘yxatga qaratdi. Germaniya rezidenti uchun o‘n kunlik asosiy oziq-ovqat taʼminoti misoli quyidagicha ko‘rinishi mumkin:
— kuniga 2 litr miqdorida ichimliklar, jami 20 litr;
— don, don mahsulotlari, non, kartoshka, makaron, guruch: 3,5 kg;
— sabzavotlar, dukkakli o‘simliklar: 4 kg;
— mevalar, yong‘oqlar: 2,5 kg;
— sut, sut mahsulotlari: 2,6 kg;
— baliq, go‘sht, tuxum yoki butun tuxum kukuni: 1,5 kg;
— moylar, yog‘lar: 0,375 kg.
Nemis aholisi, shuningdek, oziq-ovqat taʼminotini rejalashtirishda shaxsiy imtiyozlarni, parhez talablarini va allergiyani hisobga olishlari kerak.
Alohida ro‘yxat dorilarga tegishli bo‘lib, ular orasida og‘riq qoldiruvchi vositalar, shamollash, dezinfeksiya qilish vositalari, diareyaga qarshi va boshqa dorilar bo‘lishi kerak.







