O'zbekiston

O‘zbekistonda “Mehrli maktab” tashkil etildi

Unda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar tahsil oladi.

O‘zbekistonda “Mehrli maktab” tashkil etildi

 

Bugun, 5 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanali xabar qildi.

 

Qarorga ko‘ra, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etildi.

 

Mehrli maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil etiladi.

 

Unda quyidagi maktabgacha guruhlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin:

 

— maktabgacha ta’lim gospital guruhlari – stasionar davolanayotgan, sog‘lig‘i sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bora olmaydigan 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etilgan guruhlar;


— ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yin guruhlari – 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun stasionar davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etiladigan guruhlar. Ularda parvarish qilish va nazorat qilish ishlari ota-onalarning faol ishtirokida tashkil etiladi;


— maktabgacha ta’lim gospital guruhlari, ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yin guruhlari.
Davolanayotganlarni maktabgacha gospital guruhlariga qabul qilish Mehrli maktab tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxatlar asosida amalga oshiriladi.


Markazda davolanayotganlar uchun alohida ishlab chiqilgan o‘quv rejasi asosida 1–11-sinflar hajmida umumiy o‘rta ta’lim beriladi. Dars mashg‘ulotining davomiyligi boshlang‘ich ta’lim (maktab)ning 1–4 sinflarida – 35 daqiqa, 5–11 sinflarda – 40 daqiqa bo‘ladi. Bunda bir kunlik dars mashg‘ulotlari 1–4 sinflarda 3 soatdan,  5–11 sinflarda 4 soatdan oshmasligi lozim.

 

O‘quv haftasi davomiyligi 5 kunlik asosida olib boriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda “Mehrli maktab” tashkil etildi | Zamon.uz