Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi provokatsiya sifatida ko‘riladi — Financial Times
Gazeta Yevropa diplomatlari bilan shu masalada suhbatlashgan.

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi provokatsiya sifatida baholanishi mumkin. Bu haqda Financial Times gazetasi Yevropadagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Gazeta suhbatdoshlaridan biri ikki davlatning alyansga kirishini ig‘vogarona harakat bo‘lishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, Xelsinki va Stokgolm NATOga kirguncha bo‘lgan davrda xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha xavotir bildirgan. Chunki oraliq davrda ularga nato ustavining 5 moddasi amal qilmaydi. 5 modda alyans aʼzo davlat agressiyaga uchragan taqdirda boshqa ittifoqchilar ushbu davlatni himoya qilishni nazarda tutadi.
Avvalroq Shvetsiya va Finlyandiya shu yilning o‘zidayoq NATO aʼzosiga aylanishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







